Toshkent avtobuslarida konditsionerlar yoqiladi

E’lon qilingan sana· 353
Toshkent avtobuslarida konditsionerlar yoqiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobuslarda konditsionerlar ishlamayotgani yuzasidan yo‘lovchilarning e’tirozlari ortidan poytaxtda jamoat transporti ustidan nazorat kuchaytirildi.

Ma’lum qilinishicha, tashqi havo harorati +28°C dan yuqori bo‘lganda avtobus salonlarida konditsionerlardan majburiy foydalanilishi belgilangan. Salon ichidagi harorat esa taxminan +26°C darajada saqlanishi kerak.

7-maydan boshlab avtobuslarda sovitish tizimlari bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.

Shuningdek, “Toshshahartransxizmat” quyidagi choralarni ko‘rishini ma’lum qildi:

  • konditsioneri nosoz avtobuslarni yo‘nalishga chiqarmaslik;
  • texnik nosozliklarni qisqa muddatda bartaraf etish;
  • haydovchilar uchun konditsionerlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha yo‘riqnomalar o‘tkazish.

“Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi ham jamoat transportidagi tekshiruvlar kuchaytirilganini bildirdi. Talablarga amal qilmagan mas’ullarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi aytilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling