Amir Temur xiyobonidan "Sayilgoh"gacha boʻlgan yerusti piyodalar oʻtish yoʻllarini tiklash rejalashtirilmoqda

Toshkent shahar hokimligi Amir Temur xiyoboni atrofidagi transport sxemasini yaxshilashni rejalashtirmoqda. Asosiy maqsad — hududni piyodalar uchun yanada qulay va xavfsizroq qilishdir.
Asosiy o‘zgarishlardan biri — “Sayilgoh"dan (Brodveydan) Xiyobonga o‘tish qismining o‘zgartirilishidir. U yerda temir panjaralar olib tashlanib, yo‘lni yerustidan kesib o‘tish oson va xavfsiz bo‘lishi uchun “aqlli” svetofor o‘rnatiladi.

Bogʻga kirish joylarida xavfsizlik orolchalari va qoʻshimcha piyodalar svetoforlari ham oʻrnatiladi. Jami toʻrtta svetofor tizimi rejalashtirilgan.
1. Amir Temur xiyoboni va “Sayilgoh” o‘rtasida, hozirgi yerosti yo‘li o‘rnida.

2. Maxtumquli ko‘chasi (Forumlar saroyi), Amir Temur ko‘chasi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi tomonidan kirish qismlarida.

3. “Oʻzbekiston” mehmonxonasi va Xalqaro forumlar saroyi oʻrtasida.

4. Temuriylar tarixi davlat muzeyi yaqinida.

Sayyohlar uchun muzey va “O‘zbekiston” mehmonxonasi yonida alohida avtoturargohlar ajratiladi. Bu chora yordamida avtobuslarning to‘xtashidagi tartibsizlikni kamaytirishi koʻzda turilgan. Bundan tashqari, xiyobon atrofidagi harakatlanish sxemasi ham o‘zgartiriladi. Bu esa avtomobillar oqimini biroz tezlashtirib, yo‘llardagi xavfli vaziyatlarni kamaytirishi kutilmoqda.
Umuman olganda, loyiha shahar markazini piyodalar uchun ham, haydovchilar uchun ham tushunarliroq, xavfsizroq va qulayroq qilishga qaratilgan.