Yunusabad Gallery yangi maskanlarni ochmoqda: Yunusabad Broadway va La Terrasse by Moti

E’lon qilingan sana· 144
Yunusabad Gallery yangi maskanlarni ochmoqda: Yunusabad Broadway va La Terrasse by Moti

Yunusabad Gallery savdo markazida bir vaqtning o‘zida ikkita yangi lokatsiya — Yunusabad Broadway va La Terrasse by Moti faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu yangi maskanlar markaz muhitini yanada boyitib, mehmonlarga dam olishning yangi formatlarini taqdim etadi.

Yangi hududlar tashrif buyuruvchilar nafaqat xarid qilishlari, balki oilasi bilan vaqt o‘tkazishlari, do‘stlari bilan uchrashishlari, jonli muhit, musiqa va gastronomiyadan bahramand bo‘lishlari uchun yaratildi.

Yunusabad Broadway — Yunusabad Gallery hududidagi yangi oilaviy va ko‘ngilochar hududhisoblanadi. Bu makon turli yoshdagi mehmonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sayr qilish, dam olish va faol hordiq chiqarish uchun qulay joyga aylanadi.

Yunusabad Broadway hududida mehmonlarni bolalar maydonchasi, foodtruck-zonalar, ping-pong o‘yin maydonchasi hamda haftaning dam olish kunlarida interaktiv dasturlar kutib oladi. Animatorlar, mim-aktyorlar, gitarachilar va boshqa artistlar barcha oila a’zolari uchun jonli va do‘stona muhit yaratadilar.

Ikkinchi yangi lokatsiya — La Terrasse by Moti. U shahar manzarasiga ega bo‘lgan zamonaviy terrasa va premial muhit hisoblanadi. Ushbu maskan kechki dam olish, do‘stlar bilan uchrashuvlar va yoqimli muhit, musiqa hamda yuqori darajadagi servisni qadrlaydiganlar uchun mos keladi.

La Terrasse by Moti mehmonlarga panosiyo taomlari, turli xil premial kalyanlar, shinam interyer va zamonaviy muhitni taklif etadi. Terrasa ochilishi musiqiy dastur bilan o‘tadi: mehmonlar uchun “Saxar” guruhi chiqish qiladi, shuningdek, DJ-setlar ham tashkil etilib, yorqin kecha kayfiyatini yaratadi.

Yunusabad Broadway va La Terrasse by Moti ochilishi Yunusabad Galleryning zamonaviy savdo-ko‘ngilochar maskani sifatidagi rivojlanishida muhim bosqich bo‘ladi. Yangi lokatsiyalar bir joyda oilaviy dam olish, gastronomiya, musiqa va atmosferali kechalarni birlashtiradi.

Yunusabad Gallery barcha mehmonlarni Yunusabad Broadway va La Terrasse by Moti kabi yangi maskanlarni kashf etishga taklif qiladi. Tashrif buyuruvchilarni savdo markazi hududida yorqin muhit, qiziqarli tadbirlar, musiqiy dasturlar va unutilmas taassurotlar kutib qoladi.

Batafsil ma’lumot havola orqali mavjud.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling