Anons

"Yashil uyim" eko-festivali

E’lon qilingan sana· 131
"Yashil uyim" eko-festivali

Lokomativ bog‘ida ekofaol O‘rikguli tashabbusi bilan “Yashil uyim” nomli eko-festival bo‘lib o‘tadi.

Festival dasturidan sovrinli o‘yinlar, soha mutaxassislari ishtirokidagi seminar va treninglar, bolalar uchun plastik hamda qog‘ozni qayta ishlash bo‘yicha mahorat darslari, eko-mahsulotlar yarmarkasi va musiqiy kecha o‘rin olgan. Shuningdek, qogʻoz, sellofan, alyuminiy chiqindilar, ishlatilga batareykalar va yog' qabul qilish punktlari, kitob, gul va buyumlar almashish imkoni, second hand shop mavjud.

Dastur:

1-joy:

  • 12:00 — Ochilish/sovrinli oʻyinlar;
  • 13:30 — Jamoaviy raqs va flashmob;
  • 14:30 — “Ekologiya va shaharsozlik: tabiatga zarar yetkazmasdan qurish mumkinmi?” shaharsoz Iskandar Soliyev maruzasi;
  • 15:20 — Open talk: Astronomy & scienceblogging (uz/eng session) Sobirjonova Fazilat
    (Rahuza) — ilmiy-ommabop blog asoschisi
  • 16:00 — Qoʻgʻozni qayta ishlash mahorat darsi;
  • 17:00 — Yoshblond musiqiy chiqishi;
  • 18:00 — Networking/ eco-speed friending.

2-joy:

  • 13:00 — “Ajoyib sayyor” hikoyasi Saida Rashidova bilan mutolaa
  • 13:30 — Ilmiy eksperementlar;
  • 15:00 — Mahorat darslari: shisha qayta ishlash, mato boʻlaklarini qayta ishlash, urugʻlar altachasi yasash;
  • 16:00 — Erkin faoliyat: yerga rasm chizish, boʻyash stollari, kichik oʻyinlar.

Chipta narxi: 30 000 soʻm. Ularni ushbu havola orqali yoki tashrif chogʻida xarid qilishingiz mumkin.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling