18-may kuni O‘zbekiston davlat muzeylariga kirish bepul bo‘ladi

E’lon qilingan sana· 141
18-may kuni O‘zbekiston davlat muzeylariga kirish bepul bo‘ladi

18-may kuni O‘zbekiston davlat muzeylarida Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkaziladi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Madaniy meros agentligi tashabbusi bilan oʻtkazilmoq.

Shu kuni Agentlik tasarrufidagi muzeylar barcha tashrif buyuruvchilar uchun bepul ishlaydi. Mehmonlarni doimiy ekspozitsiyalardan tashqari, mavzuli ko‘rgazmalar, mahorat darslari, madaniy-ma'rifiy dasturlar va turli tadbirlar kutmoqda.

Aksiya Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlangan bo‘lib, mamlakatda madaniy meros va muzey madaniyatini ommalashtirishga qaratilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling