Tailand vizasiz qolish muddatini 60 kundan 30 kunga qisqartirmoqda
E’lon qilingan sana: · 188

Tailand hukumati 93 davlat fuqarolari uchun amal qilayotgan vizasiz qolish muddatini 60 kundan 30 kungacha qisqartirdi. Mazkur o‘zgarish O‘zbekiston fuqarolariga ham tegishli bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yildan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Tailandga vizasiz kirib, mamlakat hududida 60 kungacha qolish imkoniyatiga ega bo‘lgandi. Endilikda esa ushbu muddat yana 30 kunga tushirilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qaror noqonuniy ishlash, soxta biznes faoliyati va migratsion qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida qabul qilinmoqda. Shu bilan birga, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, sayyohlarning aksariyati mamlakatda 30 kundan kam muddat qoladi.