Toshkent Bitcoin Pizza Fest markaziga aylanadi: uch kunlik musiqa, kripto-aktivlar va AUZ oltini

E’lon qilingan sana· 55
Toshkent Bitcoin Pizza Fest markaziga aylanadi: uch kunlik musiqa, kripto-aktivlar va AUZ oltini

Bitcoin Pizza Fest yangi moliyaviy davrga asos solgan tarixni yana diqqat markaziga olib chiqadi. 22–24 may kunlari Toshkent texnologiyalar, musiqa, gastronomiya va zamonaviy madaniyat bir ritmda uyg‘unlashadigan yirik maydonga aylanadi.

Bitcoin Pizza Day tarixi 2010-yilda dasturchi Laszlo Hanyecz ilk bor ikki dona pitsa uchun Bitcoin orqali to‘lov qilgan paytda boshlangan. O‘sha vaqtda bu oddiy tajribadek ko‘ringan bo‘lsa, yillar o‘tib u yangi avlod iqtisodiyotining ramziga aylandi. Festival aynan shu g‘oyani real shahar muhiti orqali — hissiyotlar, jonli tajriba va texnologiyalar bilan zamonaviy o‘zaro aloqalar vositasida namoyon etadi.

Tadbir Toshkent shahar hokimligi ko‘magida megapolisning eng chiroyli ko‘chalaridan birida bo‘lib o‘tadi va ushbu hudud uch kun davomida katta bayram makoniga aylanadi. Festivalning hamkor tashkilotchisi va rasmiy to‘lov tizimi HUMO Milliy to‘lov tizimi hisoblanadi. Kompaniya mamlakatdagi zamonaviy to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishdagi asosiy drayverlardan biridir. HUMOʻning Bitcoin Pizza Fest’dagi ishtiroki kompaniyaning zamonaviy to‘lov ssenariylarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion moliyaviy yechimlarni ommalashtirish va texnologik infratuzilmani rivojlantirishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi. Festival doirasida HUMO kartalari egalari qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lib, maxsus aktivitilarda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. HUMOʻning festivaldagi ishtiroki texnologiyalar, tezlik va qulaylik kundalik hayotning bir qismiga aylanayotgan zamonaviy to‘lov muhiti rivojidagi kompaniya rolini yana bir bor namoyish etadi. Festivalning bosh hamkori esa zamonaviy raqamli servislar va yangi moliyaviy yechimlarni faol rivojlantirayotgan texnologik banklardan biri — Octobank hisoblanadi.

Uch kun davom etadigan ushbu noyob kriptofestivalda mehmonlarni DJ-setlar, musiqiy chiqishlar, fud zonalar, interaktiv maydonlar, dam olish hududlari va yangi avlod open-air atmosferasi kutmoqda. Tashrif buyuruvchilar aktivitilar orasida erkin harakatlanishlari, yutuqli o‘yinlarda qatnashishlari va shaxsan kripto-aktivlar yordamida pitsa hamda boshqa mahsulotlarni xarid qilish tajribasini sinab ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Tashkilotchilar tadbirning interaktiv qismiga alohida e’tibor qaratgan. Uch kun davomida festival hududida Asterium’dan jami 10 gramm tokenlashtirilgan AUZ oltini hamda Centrum Air’dan dunyoning deyarli istalgan nuqtasiga ikki kishilik sayohat uchun aviachiptalar o‘ynaladi.

Kreativ festival tashkilotchisi — Web3, klassik to‘lov tizimlari va davlat tomonidan tartibga solishni birlashtirgan O‘zbekistondagi yirik kriptoekotizim Asterium kompaniyasidir.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling