Ertaga Toshkentda ba'zi koʻchalar vaqti-vaqti bilan yopiladi
E’lon qilingan sana: · 99

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish munosabati bilan 22-may kuni Toshkentdagi bir qator koʻchalarda yoʻllar vaqti-vaqti bilan yopiladi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yoʻl harakatidagi cheklanishlar 22-may kuni soat 16:00 dan 21:00 gacha davom etadi.
Ta’kidlanishicha, tadbir davomida quyidagi yo‘nalishlarda harakat vaqti-vaqti bilan cheklanishi mumkin:
- Chilonzor-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab Qatortol-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;
- KXAY-Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab Chilonzor-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;
- KXAY-Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ikkinchi darajali yo‘li bo‘ylab Bunyodkor-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha.
- Nurafshon-Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov-Bunyodkor ko‘chalari chorrahasigacha;
- Islom Karimov-Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor-Ikkinchi Qatortol ko‘chalari chorrahasigacha.
Markaz haydovchilardan oldindan muqobil yo‘nalishlarni rejalashtirishlarini soʻragan.

