Ucell va Anvar “Sahar” O‘zbekiston futbol terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun qoʻshiq chiqardi

E’lon qilingan sana· 77
Ucell va Anvar “Sahar” O‘zbekiston futbol terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun qoʻshiq chiqardi

Ucell kompaniyasi Anvar “Sahar”ning “Olg‘a O‘zbekiston” nomli yangi treki chiqishini qo‘llab-quvvatladi. Qo‘shiq milliy terma jamoaning tarixiy natijasi — 2026-yilgi Jahon chempionatiga chiqqani bilan bog‘liq bo‘lib, iyun oyida bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi o‘yinlar oldidan butun mamlakatni birlashtirishga chaqiradi.

O‘zbekiston bu yil jahon futboli tarixida o‘z nomini yozib qoldirdi. Milliy terma jamoa ilk bor FIFA 2026 Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, Markaziy Osiyoda bunday natijaga erishgan birinchi mamlakatga aylandi.

Ushbu tarixiy yutuq munosabati bilan Ucell hamkorligida Anvar “Sahar” ijrosidagi “Olg‘a, O‘zbekiston” nomli yangi trek taqdim etildi.

Taronaning asosiy g‘oyasi — butun mamlakat bo‘ylab muxlislarni yagona maqsad atrofida birlashtirish, terma jamoaga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash va futbolchilarni yangi g‘alabalarga ruhlantirishdir.

Qo‘shiq birdamlik, ilhom va umid kayfiyatini o‘zida mujassam etib, eng muhim lahzalar ularni birgalikda boshdan kechirganda yanada ahamiyatli ekanini ta’kidlaydi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoaning iyun oyidagi o‘yinlar taqvimi qizg‘in bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu hal qiluvchi uchrashuvlar oldidan muxlislarning daldasi har qachongidan ham muhimroq.

Yangi taronani Ucell kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida havola orqali tinglash mumkin. Oldindagi muhim o‘yinlarda kompaniya milliy terma jamoaga ulkan zafarlar tilamoqda.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling