Qurbon hayiti munosabati bilan bir qator koʻchalarda yoʻl yopiladi
E’lon qilingan sana: · 42

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi 20 ta masjid oldidagi yo‘llar yopiladi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
27-may kuni soat 00:00 dan 08:00 ga qadar ayrim ko‘chalarda mashinalar harakati vaqtincha cheklanadi.
Mirzo Ulug‘bek tumani
- “To‘ra buva” masjidi: Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi — Sho‘rtepa ko‘chasidan Buyuk ipak yo‘li — Sultoniya chorrahasigacha.
Bektemir tumani
- “Xo‘ton” masjidi: Bektemirshoh shoh ko‘chasi — Husayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha;
- “Alibek” masjidi: Muxtor Avezov ko‘chasidan — Husayn Boyqaro ko‘chasigacha.
Olmazor tumani
- “Islomobod” masjidi: THAY — Sag‘bon ko‘chasi bilan kesishmadan Nurafshon va Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha;
- “Hazrati imom” masjidi: Qorasaroy ko‘chasi — Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmadan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmagacha;
- “Do‘stjonboy” masjidi: Sag‘bon ko‘chasi va Sag‘bon 12-berk ko‘chaning kesishmasidan — Keles yo‘li va Noraztepa chorrahasigacha.
Shayxontohur tumani
- “Shayx Zayniddin” masjidi: Ko‘kcha darvoza ko‘chasining Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan — Beshqayrag‘och ko‘chasi bilan kesishmagacha;
- “Xo‘ja Alambardor” masjidi: Bunyodkor shohko‘chasi — Kamolon ko‘chasi bilan kesishmasidan Ustazoda 2-tor ko‘chasi bilan kesishmagacha;
- “Ko‘xota” masjidi: Sebzor ko‘chasi — Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Nurafshon va Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani
- “Ubay ibn Ka’b” masjidi: Al Xorazmiy ko‘chasi — Xirmontepa ko‘chasi bilan kesishmasidan Katta qani ko‘chasi bilan kesishmagacha;
- “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi: So‘galli ota ko‘chasi — Al-Xorazmiy ko‘chasi bilan kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasigacha;
- “Novza” masjidi: Bunyodkor shohko‘chasi — Bunyodkor-Muqimiy yo‘l o‘tkazgichidan Oliy Majlis binosi ro‘parasidagi qismigacha;
Uchtepa tumani
- “Abdulloh ibn Ma’sud” masjidi: Lutfiy ko‘chasi — Xirmontepa ko‘chasi bilan kesishmasidan Katta qani va Lutfiy ko‘chalari kesishmasigacha;
- “Hazrati Ali” masjidi: Nazarbek ko‘chasi — Mahorat ko‘chasi bilan kesishmasidan Zamaxshariy 1-tor ko‘chasi bilan kesishmagacha.
Yunusobod tumani
- “Minor” masjidi: THAY — Ko‘rgazma ko‘chasi bilan kesishmasidan Sharof Rashidov shohko‘chasi bilan kesishmagacha;
- “Mirzo Yusuf” masjidi: Bog‘ishamol ko‘chasi — Shivli ko‘chasigacha.
Yakkasaroy tumani
- “Usmon bin Mazun” masjidi: THAY — Qo‘shbegi chorrahasidan Fayzli Toshkent ko‘chasi bilan kesishmagacha.
Sergeli tumani
- “Nurul Islom” masjidi: Toshkent halqa avtomobil yo‘li — Fayzli Toshkent ko‘chasi bilan kesishmadan Qumariq chorrahasigacha.
Yashnobod tumani
- “Islom ota” masjidi: Farg‘ona yo‘li ko‘chasi — Fitrat ko‘chasi bilan kesishmasidan Tolimarjon ko‘chasi bilan kesishmagacha.
Mirobod tumani
- “Qo‘yliq ota” masjidi: Toshkent halqa avtomobil yo‘lining Qo‘yliq bozori yaqinidagi yo‘l o‘tkazgichdan halqa yo‘li va Munis ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
Ma’lumot uchun, 27-may kuni jamoat transporti tonggi soat 4:00 dan ish boshlaydi.
Fuqarolardan yo‘nalishlarni oldindan rejalashtirish, shuningdek, bayram namoziga borishda jamoat transportidan foydalanish so‘raladi.