Siberian Wellness va NamAgro Tech Brand Awards International 2026 mukofotini qo‘lga kiritdi

Xalqaro Siberian Wellness brendi va NamAgro Tech Brand Awards International 2026 tanlovi laureati bo‘ldi. Mukofot ekspertlari kompaniyalarning mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonda to‘liq ishlab chiqarish ekotizimini shakllantirishdagi hissasini yuqori baholadi.
So‘nggi yillarda Siberian Wellness O‘zbekistonda an’anaviy wellness-brend doirasidan ancha kengaydi. Bugun u mamlakatdagi 16 yillik tarixga ega xalqaro kompaniya bo‘lib, mahalliy ishlab chiqarish va agrosanoatga investitsiya qiladi, zamonaviy to‘liq siklli ishlab chiqarish ekotizimini rivojlantiradi, yangi ish o‘rinlari yaratadi, infratuzilmani mustahkamlaydi va mahalliy ekspertlik salohiyati o‘sishiga ko‘maklashadi. Kompaniya, ayniqsa, barqaror va ekologik toza ishlab chiqarish yechimlariga alohida e’tibor qaratadi.

Ushbu ekotizimning muhim bo‘g‘ini sifatida NamAgro Tech — Siberian Wellness’ning Markaziy Osiyodagi eng yirik agrosanoat loyihalaridan biri shakllandi. Olti yil ichida loyiha ilk bog‘lardan tortib xomashyoni yetishtirish, qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni birlashtiruvchi yirik klasterga aylandi. Avvaliga bog‘ maydoni 415 gektarni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda u 1100 gektarga yetkazildi. Kompaniya bog‘larni kengaytirish, qayta ishlash quvvatlarini rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va pektin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlikka investitsiya kiritishda davom etmoqda. Aslida, O‘zbekistonda mintaqaviy ahamiyatga ega, uzoq muddatli rivojlanishga yo‘naltirilgan zamonaviy ishlab chiqarish platformasi shakllanmoqda.

16-may kuni Toshkentda Brand Awards International xalqaro mukofotining to‘qqizinchi marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat va mintaqaning eng yaxshi brendlari e’lon qilindi. Wellness va agrosanoat sohalari rivojiga bevosita aloqador bo‘lgan ikki kompaniya — Siberian Wellness va NamAgro Tech ishlab chiqarish klasteri laureatlar qatoriga kirdi.

Siberian Wellness 2025-yil davomida O‘zbekistonda wellness-industriyani rivojlantirish va barqaror ishlab chiqarish ekotizimini joriy etgani uchun mukofotlandi. Ekspertlar kengashi mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini mustahkamlash, to‘liq siklli modelni kengaytirish, mahalliy ekspertlik salohiyatini oshirish hamda tabiiy va ilmiy asoslangan sog‘lom mahsulotlarga ishonchni shakllantirishdagi hissani alohida ta’kidladi.

NamAgro Tech esa 2025-yilda O‘zbekistonda yuqori texnologiyali agrosanoat klasteri rivoji, barqaror amaliyotlarni joriy etish va ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirgani uchun mukofotga sazovor bo‘ldi. Ta’kidlangan yo‘nalishlar qatorida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, barqaror agroamaliyotlarni tatbiq etish, innovatsion loyihalarni rivojlantirish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha tajribalar va to‘liq siklli klasterni masshtablash kiritildi.

2025-yilda NamAgro Tech allaqachon Brand Awards International mukofoti laureati bo‘lgan — O‘zbekiston agrosanoat tarmog‘ini rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarni xalqaro bozorga muvaffaqiyatli olib chiqishdagi katta hissasi uchun. Xuddi shu yili Siberian Wellness — Namangan’ga Milliy ijtimoiy himoya agentligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan “inklyuziv ish beruvchi” maqomi berildi.
Siberian Wellness Brand Awards International doirasida bir necha bor yuqori bahoga sazovor bo‘lgan. 2025-yilda brend sog‘liq, go‘zallik va faol turmush tarzi sohasidagi strategik yetakchiligi, mahsulotlar yaratishdagi ilmiy yondashuvi, ekologik tashabbuslari va raqamli kommunikatsiyalar rivoji uchun alohida ta’kidlangan. 2024-yilda kompaniya O‘zbekiston bozorida innovatsion biologik faol qo‘shimchalarning keng turdagi assortimenti uchun maxsus mukofot olgan, 2023-yilda esa bolalar ozuqasi va biologik faol qo‘shimchalar yo‘nalishidagi yutuqlari, shuningdek, mamlakat rivojiga qaratilgan investitsiyaviy va wellness hissasi uchun taqdirlangan.
“Biz uchun O‘zbekistonda faqat mahsulotlar emas, balki biznesning mamlakat rivojiga qo‘shgan tizimli hissasi ham yuksak baholanayotgani juda muhim. Biz ishlab chiqarish, texnologiyalar, agrosanoat, infratuzilma va eng asosiysi, odamlarga investitsiya qilamiz. O‘zbekistonni zamonaviy wellness va agrosanoat loyihalarining kelajakdagi mintaqaviy markazi sifatida ko‘ramiz”, — dedi Siberian Wellness Uzbekistan country direktori Olesya Koloskova.
Siberian Wellness — sog‘liq, go‘zallik va faol turmush tarzi sohasida ish olib boradigan xalqaro kompaniya bo‘lib, dunyoning 60 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritadi.
NamAgro Tech — O‘zbekistondagi Siberian Wellness’ning ishlab chiqarish agrosanoat klasteri bo‘lib, zamonaviy bog‘lar, xomashyoni qayta ishlash va to‘liq siklli ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantiradi.
Telefon: (+998) 78−113−8767.
Sayt: uz.siberianhealth.com
Facebook: fb.com/siberianwellnessuzbekistan
Instagram: @siberian.uz, @namagrotech.uz
Telegram: t.me/swuzbekistan
Reklama huquqlari asosida.