Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
E’lon qilingan sana: · 160

8-iyundan boshlab Toshkent va Issiqko‘l o‘rtasida mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Qatnovlar Toshkent — Cho‘lponota (Issiqko‘l) yo‘nalishi bo‘yicha Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobuslar iyun oyining juft kunlarida “Toshkent” avtovokzalidan soat 15:00 da yo‘lga chiqadi. Issiqko‘ldan Toshkentga qaytish reyslari esa oyning toq kunlarida tashkil etiladi.
Bitta chipta narxi 365 ming so‘m etib belgilangan.
Ma’lumot uchun (+998) 71−207−8700, (+998) 94−131−9999, (+998) 88−666−1515 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.