Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopildi

E’lon qilingan sana: · 107
Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopildi

Toshkent shahridagi Taras Shevchenko ko‘chasida ko‘ngilochar festival o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklandi.

4-iyun soat 06:00 dan 8-iyun soat 07:00 gacha quyidagi hududlar barcha turdagi transport vositalari harakati uchun yopiladi:

  • Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
  • Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Haydovchilarga ushbu davrda muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling