Samarqandda Teplo Store'ning yangi konseptual do‘koni ish boshladi

Teplo Store — concept store Samarqandda oʻz faoliyat boshladi. Mahalliy brendlar va dizaynerlik mahsulotlarini bir makonda jamlagan konsept-store Kaganat Mall savdo markazining ikkinchi qavatida (Amir Temur ko‘chasi, 24) ochildi.

Yangi do‘konda O‘zbekistonning 60 dan ortiq brendi taqdim etilgan bo‘lib, xaridorlar kiyim-kechak, aksessuarlar, zargarlik buyumlari, uy uchun mahsulotlar va zamonaviy hunarmandchilik namunalarini topishlari mumkin. Teplo Store loyihasi mahalliy dizaynerlar va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni kengroq auditoriyaga tanitishga qaratilgan.

Do‘konda kiyim-kechak, zargarlik buyumlari, aksessuarlar, uy uchun mahsulotlar va zamonaviy hunarmandchilik namunalari sotiladi. Interyer konsepsiyasida Samarqand ipak qog‘ozidan foydalanilgan bo‘lib, markaziy installatsiya qaldirg‘ochlar kompozitsiyasidan iborat bo‘ladi.
Yangi makonda Moel Bosh, Madina Kasimbaeva, Hajar, Tais&I, Anor, The Muse, Klara Ruha, Turon, Mursak, Oynur, UMA, Cult U, Ramz va Art and Artisans kabi brendlar taqdim etiladi.