"Chinor" metro bekati rekonstruksiya uchun 50 kunga yopiladi
E’lon qilingan sana: · 149

Toshkent metropolitenining “Chinor” bekati rekonstruksiya sabab 13-iyundan boshlab yoʻlovchilar uchun 50 kunga yopiladi.
Bekatga kirish va chiqish joylarini kengaytirish, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar, keksalar va yosh bolali ota-onalar uchun to‘rtta yangi lift o‘rnatish, shuningdek, 12 ta turniket qo‘shish rejalashtirilgan.
Ta’mirlash vaqtida “Chinor” va “Yangihayot” bekatlari o‘rtasida maxsus metrobuslar harakati tashkil etiladi. Ular metroning yopiq qismi yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lovchilarni tashiydi.