Anons
K-Vibe festivali
E’lon qilingan sana: · 70

Toshkentda Koreya madaniyatiga bag‘ishlangan K-Vibe festivali boʻlib oʻtadi. Festival mehmonlari K-POP, K-Beauty, koreys kinosi va milliy taomlar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.
Festival dasturi ikki kun uchun moʻljallangan. Taras Shevchenko gastro-koʻchasida boshlanib Magic City bogʻida davom etadi. Dasturda koreys taomlari va ichimliklari yarmarkasi, K-Beauty bo‘yicha maxsus ma’ruza, K-POP World Festival in Uzbekistan tanlovi hamda B-Boy chiqishlari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun omadli chipta o‘yini ham rejalashtirilgan.
Dastur:
13-iyun — Taras Shevchenko koʻchasi:
- 14:00 K-Beauty makeup boʻyicha maxsus maruza;
- 16:00 K-POP tadbiri ochilish marosimi;
- K-POP World Festival in Uzbekistan;
- B-Boy konserti;
- K-POP Party;
- Omadli chipta oʻyini.
14-iyun — Magic City:
- 13:30 B-Boy konserti;
- 14:00 Koreys filmi namoyishi;
- 16:20 Koreys filmi namoyishi;
- Omadli chipta oʻyini rejalashtirilgan.
Kirish bepul.
Jadval
13dan 14-iyungacha