Dam olish kunlari Toshkentda harorat +38 darajagacha koʻtariladi

E’lon qilingan sana· 255
Dam olish kunlari Toshkentda harorat +38 darajagacha koʻtariladi

Dam olish kunlari boʻlgan 13 va 14-iyun uchun Toshkent shahridagi ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

Shanba kuni kunduzi havo kam bulutli boʻlishi kutilmoqda, harorat esa 38 °C gacha koʻtariladi. Kechasi ham kam bulutlilik kuzatiladi, harorat 24 °C gacha tushishi mumkin.

Yakshanba kuni kunduzi havo biroz bulutli boʻlishi, eng yuqori harorat esa 38 °C ga chiqishi mumkin. Yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechasi kam bulutlilik kuzatiladi va eng past harorat 25 °C ga tushadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling