Toshkentda bir necha ko‘chalarda avtomobil harakati cheklanadi

E’lon qilingan sana· 264
Toshkentda bir necha ko‘chalarda avtomobil harakati cheklanadi

16−18 iyun kunlari Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi munosabati bilan ushbu kunlarda ayrim markaziy ko‘chalarda avtotransport harakati cheklanadi.

Xususan, I. Karimov, A. Qodiriy, Qorasaroy va Yangi O‘zbekiston ko‘chalarida harakatlanish bo‘yicha cheklovlar joriy etilishi kutilmoqda. Shu sababli ushbu yo‘nalishlar orqali qatnovchi shahar avtobuslarining harakat sxemalari vaqtincha o‘zgartiriladi.

  • false
  • false
  • false

Yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelishi mumkinligini, buning natijasida avtobuslar qatnovi va oraliq vaqtlari uzayishi ehtimoli borligini ma’lum qilindi. Zaruratga qarab yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar ham kiritilishi mumkin.

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi fuqarolarga safarlarini oldindan rejalashtirishni tavsiya etdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling