O‘zbekistonning JCh-2026'dagi o‘yinlari butun Toshkent bo‘ylab katta ekranlarda namoyish etiladi

E’lon qilingan sana· 1 202
O‘zbekistonning JCh-2026'dagi o‘yinlari butun Toshkent bo‘ylab katta ekranlarda namoyish etiladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha Jahon chempionatidagi o‘yinlari Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi maxsus maydonlarda jonli efirda namoyish etiladi.

Shahar bog‘lari, xiyobonlari va jamoat joylarida muxlislar uchun katta ekranlar o‘rnatiladi. Eng katta fan-zona “Bunyodkor” stadionida joylashgan bo‘lib, u yerda o‘yinlarni bir vaqtning o‘zida 10 minggacha odam tomosha qilishi mumkin. Bu faqat 23-iyun kuni — Portugaliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida faoliyat yuritadi.

Barcha manzillar:

Oʻzbekiston terma jamoasi guruh bosqichida uchta oʻyin oʻtkazadi:

  • Oʻzbekiston — Kolumbiya — 18-iyun soat 7:00 da;
  • Portugaliya — Oʻzbekiston — 23-iyun soat 22:00;
  • Kongo DR — Oʻzbekiston — 28-iyun soat 4:30 da.

Poytaxt aholisi va mehmonlari oʻyinlarni bepul tomosha qilishi va boshqa muxlislar qatori milliy terma jamoani qoʻllab-quvvatlashi mumkin boʻladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling