Toshkent metrosi 23-iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi oʻyini sabab ish vaqtini 1 soatga uzaytiradi
E’lon qilingan sana: · 39

23-iyun, O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati doirasidagi navbatdagi o‘yini kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan bir soat ko‘proq ishlaydi. Bunga sabab soat 22:00 da boshlanadigan bahsdan keyin kutilayotgan yo‘lovchilar oqimining ko‘payishi kutilayotgani boʻlgan.
24-iyunga oʻtar kechasi metro poyezdlari soat 01:00 gacha ishlaydi. Ushbu kengaytirilgan jadval muxlislarga oʻyindan keyin tezroq va qulayroq uyga qaytishga yordam beradi.
Shuningdek, yoʻlovchilardan sayohatlarini oldindan rejalashtirish va metrodan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish soʻralgan.
