Sayyohlar uchun Vyetnamga kirishda majburiy elektron roʻyxatdan oʻtish joriy etildi
E’lon qilingan sana: · 184

2026-yil 22-iyundan boshlab Vyetnamga sayohat qilishdan oldin majburiy elektron roʻyxatdan oʻtish (kelishdan oldingi ma’lumot) talab qilinadi.
Qayd etilishicha, yangi qoidalar barcha xorijiy yoʻlovchilarga, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolariga ham tegishli. Ushbu talab 23-iyun kuni Vyetnamga uchadigan HY561 reysi yoʻlovchilariga ham tegishli boʻladi.
Joʻnab ketishdan oldin, sayohatchilar ushbu havola orqali Vyetnam immigratsiya xizmatining rasmiy veb-saytida maxsus anketani toʻldirish kerak boʻladi. Buni chegaradan oʻtishdan kamida 72 soat oldin amalga oshirish mumkin.
Anketani toʻldirgandan soʻng, yoʻlovchilar smartfonlarida saqlashlari yoki chegara nazoratida taqdim etish uchun chop etishi kerak boʻlgan QR kodni oladi.