Anons

"Yashil uyim" eko-festivali

E’lon qilingan sana· 232
"Yashil uyim" eko-festivali

Alpine Land hudida keng koʻlamli “Yashil uyim” ekologik festivali boʻlib oʻtadi.

Festival dasturidan sovrinli o‘yinlar, soha mutaxassislari ishtirokidagi seminar va treninglar, bolalar uchun plastik hamda qog‘ozni qayta ishlash bo‘yicha mahorat darslari, eko-mahsulotlar yarmarkasi va musiqiy kecha o‘rin olgan. Shuningdek, qogʻoz, sellofan, alyuminiy chiqindilar, ishlatilga batareykalar va yog' qabul qilish punktlari, kitob, gul va buyumlar almashish imkoni, second hand shop mavjud.

Asosiy zonalar (Main Joy & Kid’s Joy)
Asosiy sahna (kattalar va oʻsmirlar):
12:00 — 13:00 — DJ / Festivalning ochilishi.
13:30 — 14:00 — Jamoaviy oʻyin.
15:00 — 15:45 — “Iqlim va koʻchmanchi imperiyalar” maʼruzasi (Nishanov Nodir / Qurultoy, Dervish_nod, Susambil loyihalari mualliflari).
16:00−16:45 — “Ekologik taʼlimdagi imkoniyatlar: yetakchi universitetlarga qanday kirish mumkin” maʼruzasi (Xayatullo Ismoilov / Ustoz).
17:00 — 17:45 — She’riyat kechasi.
18:00 — 19:00 — SHAKA — musiqiy chiqishi.

Bolalar maydoni (Bolalar va ota-onalar):
13:00 — 13:30 — Jamoaviy oʻyin.
13:30 — 14:00 — Ilmiy tajribalar.
14:00−15:00 — mahorat darslari: qogʻozni qayta ishlash, mato qoldiqlarini qayta ishlash, plastik paketlarga kashtachilik.
15:00 — 16:00 — Robototexnika darsi.
16:00 — 17:00 — Erkin mashgʻulotlar: yerga chizmalar chizish, rang berish stollari, mini-oʻyinlar.

Festival tili oʻzbek tili.

Chipta narxi: 30 000 soʻmdan boshlanadi. Ularni ushbu havola orqali yoki tashrif chogʻida xarid qilishingiz mumkin.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling