Foto: Hyuston shahrida 4 mingdan ortiq oʻzbekistonlik ishtirokida marsh boʻlib oʻtdi

AQShning Hyuston shahrida 4 mingdan ortiq oʻzbekistonlik ishtirokida futbol boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etayotgan milliy jamoani qoʻllab-quvvatlash marshi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi xabar berdi.

Toshkent vaqti bilan 23-iyun kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvdan oldin muxlislar Oʻzbekiston bayroqlari bilan birga stadion tomon yoʻl olgan.

Marshda AQShning turli shtatlari hamda boshqa davlatlardan tashrif buyurgan o‘zbekistonlik muxlislar ishtirok etgan.

Ta’kidlanishicha, Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarning ilk bosqichi Mexiko shahrida tashkil etilgan rasmiy fan-zona va milliy turistik stend bilan boshlangandi.

Hyustonda esa bu madaniy va gastronomik tadbirlar bilan davom ettirildi. Navbatdagi dasturlar esa 27-iyun kuni Atlanta shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, Jahon chempionati o‘tkazilayotgan yirik shaharlarda chempionat mehmonlari o‘zbek milliy taomlarini tatib koʻrishi va hunarmandchilik namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.

Oʻzbekiston terma jamoasi 23-iyun kuni Hyustonda Portugaliyaga qarshi oʻyin oʻtkazdi. Avvalroq Afisha.uz uchrashuv tafsilotlarini taqdim etgandi.
Oʻzbekiston Portugaliyaga yutqazdi, lekin biz biroz pozitiv izlaymiz: uchrashuv tafsilotlari
23-iyun kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinini Portugaliyaga qarshi oʻtkazdi. Unda Fabio Kannavaro shogirdlari yirik 0:5 hisobida magʻlub boʻldi. Shunga qaramay milliy jamoa hali keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yoʻqotmadi. Afisha.uz ushbu oʻyin va uning atrofidagi voqealarni bir yerga jamladi.