Toshkentda bir qator avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirildi

E’lon qilingan sana· 186
Toshkentda bir qator avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirildi

Toshkent shahrida Mustaqillik ko‘chasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari sababli ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgartirildi.

Cheklov 2026-yil 1-iyul soat 22:00 dan 12-iyul soat 06:00 gacha amal qiladi. Bu davrda Mustaqillik ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasigacha bo‘lgan qismi avtomobillar harakati uchun yopildi.

Shu munosabat bilan:

  • 17, 24 va 60-sonli avtobuslar Mirzo Ulug‘bek, Parkent, Kichik halqa yo‘li, Katta Darxon, Oqqo‘rg‘on va Mustaqillik ko‘chalari orqali harakatlanadi;
  • 83 va 199-sonli avtobuslar harakati vaqtincha Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti” bekatigacha qisqartiriladi.

Shuningdek, Oqqo‘rg‘on ko‘chasi va “Ekskavator zavodi” bekatlariga borish uchun yo‘lovchilarga 17, 24 yoki 60-sonli avtobuslardan foydalanish tavsiya etilgan.

Ta’mirlash ishlari sababli yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelishi mumkinligini, shu bois avtobuslar harakati jadvaldan kechikishi ehtimoli borligini ma’lum qilindi. Zaruratga qarab yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar ham kiritilishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling