Mustaqillik shoh ko‘chasining bir qismi 13-iyulgacha transport harakati uchun yopildi

E’lon qilingan sana· 97
Mustaqillik shoh ko‘chasining bir qismi 13-iyulgacha transport harakati uchun yopildi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shoh ko‘chasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan transport harakatiga vaqtinchalik cheklandi.

2-iyul soat 01:00 dan 13-iyul soat 06:00 gacha Mustaqillik shoh ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishidagi qatnov qismi transport vositalari harakati uchun yopildi.

Ma’lum qilinishicha, tirbandliklarni kamaytirish va haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qurilish ishlari davomida yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismida yo‘l harakati holatidan kelib chiqib, ayrim vaqtlarda ikki tomonlama harakat tashkil etilishi mumkin.

Haydovchilardan ushbu cheklovlarni inobatga olgan holda harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘ralmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling