Buxoro – Sariosiyo yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

10-iyuldan boshlab Buxoro — Sariosiyo yo‘nalishida muntazam reyslar amalga oshiriladi.
Qatnovlar “Silk Avia” aviakompaniyasi tomonidan haftaning har juma kuni bajariladi. Reys Buxorodan mahalliy vaqt bilan 08:30 da uchib, 09:30 da Sariosiyoga yetib boradi. Qaytish reysi esa 10:10 da Sariosiyodan jo‘nab, 11:20 da Buxoroga qo‘nadi.
Yangi aviaqatnov Buxoro va Surxondaryo viloyatlari o‘rtasidagi transport aloqalarini yaxshilab, yo‘lovchilarga manzilga atigi bir soat ichida yetib borish imkonini yaratadi. Bu esa ichki turizmni rivojlantirish, sayohatlarni yanada qulay tashkil etish hamda mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun hududlarga borishni osonlashtirishi kutilmoqda.
Sariosiyo aeroporti orqali sayohatchilar Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlari, tabiiy maskanlari va ekologik turizm yo‘nalishlariga qulay yetib borish imkoniga ega bo‘ladi.