Khusnorik yangi qo‘shig‘ini premyera qildi

E’lon qilingan sana· 90
Khusnorik yangi qo‘shig‘ini premyera qildi

Xonanda Xusnora Shodiyeva (Khusnorik) yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan klipni taqdim etdi. Tarona “Kecholmadi” deb nomlanadi.

Klipda Xusnora oq libosda, qora fondagi sahna ko‘rinishida pianino chalib qo‘shiq kuylaydi. Qo‘shiq matni va musiqasi muallifi — Asadbek Xudarganov.

Khusnorik taniqli bloger bo‘lib, so‘nggi yillarda xonandalik faoliyati bilan ham faol shug‘ullanmoqda. Uning “Eslamayman” taronasiga ishlangan klip YouTube’da 20 million martadan ortiq ko‘rilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling