Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilindi

E’lon qilingan sana· 114
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 7-iyul kuni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qildi. Hujjat Senatga yuborildi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf hamda 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi. Shuningdek, ayrim harflarning qo‘llanish tartibiga aniqlik kiritilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zgarishlarga ko‘ra, hozirda ikki belgi bilan yoziladigan ayrim harflar bitta belgi shakliga o‘tkaziladi. Xususan:

  • “Sh” o‘rniga — Ş;
  • “Ch” o‘rniga — Ç;
  • “Oʻ” o‘rniga — Ö;
  • “Gʻ” o‘rniga — Ğ yozilishi taklif etilmoqda.

Shuningdek, alifbodagi “Ng” harflar birikmasidan voz kechish ko‘zda tutilgan.

Qonun kuchga kirguniga qadar rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarning amal qilishi saqlab qolinadi. Davlat organlari va tashkilotlarining ramzlari, peshlavhalari, ko‘rsatkichlari hamda boshqa atributlaridan ham belgilangan muddatgacha foydalanish mumkin bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling