Amir Temur xiyoboniga yerusti piyodalar o‘tish joylari va svetoforlar qaytarildi

E’lon qilingan sana· 145
Amir Temur xiyoboniga yerusti piyodalar o‘tish joylari va svetoforlar qaytarildi
Foto: Otabek Turdiev / Gazeta.uz

Toshkent markazida Amir Temur xiyoboni atrofida yangi tartibga solinadigan piyodalar o‘tish joylarini tashkil etish ishlari yakunlandi. Endi xiyobonga to‘rt tomondan yerusti o‘tish joylari orqali borish mumkin — ular svetoforlar bilan jihozlangan.

Quyidagi hududlarda svetoforli o‘tish joylari paydo bo‘ldi:

  • Sayilgoh ko‘chasi (Brodvey) tomonidan;
  • Mustaqillik ko‘chasi tomonidan;
  • Maxtumquli ko‘chasida “O‘zbekiston” mehmonxonasi yonida;
  • Temuriylar tarixi davlat muzeyi tomonidan.

Xiyobon atrofidagi yerusti o‘tish joylari 2010-yilda transport halqasini rekonstruksiya qilish paytida olib tashlangan. Shundan so‘ng maydon markaziga asosan Brodvey va Kurantlar yonidagi yerosti o‘tish joylari, shuningdek, yo‘lning qo‘shni qismlaridagi ikkita yerusti o‘tish joyi orqali borish mumkin edi.

O‘tish joylarini qayta tashkil etish xiyobon atrofidagi hududni yangilash loyihasining bir qismi hisoblanadi. Bundan tashqari, bu yerda xavfsizlik orolchalari, yangi piyodalar hududlari paydo bo‘ldi, metall to‘siqlarning bir qismi olib tashlandi va piyodalar harakatini hisobga oladigan “aqlli” svetoforlar o‘rnatildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling