Toshkentda “Ziyo Fest” yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

E’lon qilingan sana· 72
Toshkentda “Ziyo Fest” yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi “Ziyo Forum” Yoshlar markazida 2-iyul kuni “Ziyo Fest” yoshlar festivali o‘tkazildi.

Festivalda 1500 dan ortiq yoshlar qatnashdi. Ishtirokchilar uchun motivatsion uchrashuvlar, taniqli blogerlar, jamoatchilik faollari va mutaxassislar ishtirokidagi suhbatlar tashkil etildi.

  • false
  • false
  • false

Shuningdek, yoshlarning ijodiy hamda ijtimoiy loyihalari taqdimotlari, madaniy chiqishlar va ko‘ngilochar dasturlar o‘tkazildi.

Tadbir yoshlarning yangi bilim va tajriba olishi, foydali tanishuvlar orttirishi hamda o‘z tashabbuslarini namoyish etishi uchun imkoniyat yaratgani qayd etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling