“Surxon” davlat qo‘riqxonasida ilk bor jayronlar paydo bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 146
“Surxon” davlat qo‘riqxonasida ilk bor jayronlar paydo bo‘ldi

“Surxon” davlat qo‘riqxonasida jayronlar tasvirga olindi. Qo‘riqxona tashkil etilganidan buyon 40 yil ichida ilk bor uning hududida jayronlar paydo bo‘ldi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasiga ko‘ra, yaratilgan qulay tabiiy sharoitlar sababli Turkmaniston hududidan 10 bosh jayron ko‘chib o‘tgan.

Jayron kamayib borayotgan va muhofazaga muhtoj hayvonlar qatoriga kiradi. U O‘zbekiston Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) Qizil ro‘yxatiga kiritilgan.

Bugungi kunda jayronlar Ustyurt yassi tekisligi, Qizilqum, Qarshi cho‘li va Surxondaryo viloyatining ayrim hududlarida uchraydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling