Toshkentdagi Aviasozlar ko‘chasida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi
E’lon qilingan sana: · 101

Yashnobod tumanidagi Aviasozlar ko‘chasi 11-iyul soat 08:00 dan 31-iyul soat 06:00 gacha avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Bu vaqtda Veolia Energy Tashkent hududda issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda magistral issiq suv quvurlarini almashtirish ishlarini olib boradi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hududda magistral issiq suv quvurlarini almashtirish ishlari bajariladi. Modernizatsiya iste’molchilarni barqaror va sifatli issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Haydovchilardan harakatni oldindan rejalashtirish va aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan. Veolia Energy Tashkent yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.