Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumiga bag‘ishlangan esdalik tangalari sotuvga chiqariladi

E’lon qilingan sana· 146
Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumiga bag‘ishlangan esdalik tangalari sotuvga chiqariladi

Ilk bor o‘tkazilayotgan I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi munosabati bilan maxsus zarb etilgan esdalik kumush tangalari sotuvga chiqariladi.

Markaziy bank xabariga ko‘ra, tangalar dizaynida forumning asosiy g‘oyalari — tinchlik, bag‘rikenglik, ilm-ma'rifat hamda O‘zbekistonning boy madaniy merosi ifodalangan. Ular xalqaro forumning ramziy esdalik belgisi sifatida tayyorlangan.

I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi 7−11-iyul kunlari Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida o‘tkazilmoqda. Tadbir dunyoning turli davlatlaridan kelgan olimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, din arboblari va ekspertlarni bir maydonga jamladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling