Buxoroga 76 ta yangi avtobus olib kelindi
E’lon qilingan sana: · 115

Buxoroda jamoat transportini rivojlantirish doirasida Xitoyda ishlab chiqarilgan 76 ta zamonaviy avtobus olib kelindi.
Yangi avtobuslar mahalliy tadbirkorlar tomonidan xarid qilingan bo‘lib, ular Buxoro shahridagi yo‘nalishlarga brutto-shartnoma asosida joylashtiriladi.
2026-yil davomida viloyatga jami 101 ta yangi avtobus olib kelingan. Ularning dastlabki 25 tasi fevral oyida 13-sonli “Madaniyat” bosh bekati — “To‘qimachi” bosh bekati hamda 15-sonli “Markaziy bozor — G‘urbincha aholi punkti” yo‘nalishlarida qatnovni boshlagan.
Yil yakuniga qadar Buxoroga yana 86 ta zamonaviy avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan.


