Rejissyor Jahongir Ahmedov Kinematografiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi

E’lon qilingan sana· 238
Rejissyor Jahongir Ahmedov Kinematografiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan Rejissyor Jahongir Ahmedov Kinematografiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Jahongir Ahmedov 1983-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at institutida tahsil olgan, bakalavriat va magistratura darajasini rejissyorlik bo‘yicha tamomlagan.

U ushbu tayinlovga qadar Bolalar kontentini rivojlantirish markazi rahbari lavozimida ishlayotgandi.

Jahongir Ahmedov rejissyor sifatida “Islomxo‘ja”, “Ilhaq” kabi tarixiy filmlarni suratga olgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling