“Dado” guruhi yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 311
“Dado” guruhi yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi

“Dado” guruhi “Я иду гулять” nomli yangi qo‘shig‘ini chiqardi. Kompozitsiya muallifi Alisher Madumarov bo‘lib, qo‘shiq barcha musiqiy platformalarda tinglash uchun taqdim etilgan.

“Dado” guruhi 1999-yilda Alisher va Rustam Madumarovlar tomonidan tashkil etilgan. Guruh 2000-yillarda O‘zbekistondagi eng mashhur pop jamoalardan biriga aylangan. Ularning “Dado-Nado”, “Benom”, “Лето” va “Chat-Pat” kabi qo‘shiqlari katta ommalashgan.

Guruh ijodining o‘ziga xos jihatlaridan biri turli tillarda qo‘shiqlar ijro etishi bo‘lgan. “Dado” o‘zbek, rus, ingliz, turk, fransuz, ispan va boshqa tillardagi kompozitsiyalari bilan ham tanilgan.

Hozirda guruh Alisher Madumarov va Sherzod Madumarov tarkibida faoliyatini davom ettirmoqda. “Dado"ning yangi qo‘shig‘i Yandex Music, Apple Music, YouTube Music va Spotify kabi platformalarda mavjud.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling