Samarqandda Imom Moturidiy innovatsion muzeyi tashkil etiladi

E’lon qilingan sana· 162
Samarqandda Imom Moturidiy innovatsion muzeyi tashkil etiladi

Samarqand shahrida Imom Moturidiy majmuasi tarkibida zamonaviy innovatsion muzey barpo etiladi. Loyiha I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada taqdim etildi.

Muzey ekspozitsiyalari Turkiyaning Outdoor Factory kompaniyasi tomonidan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi taqdim etgan manbalar asosida ishlab chiqilmoqda. Unda zamonaviy dizayn, raqamli texnologiyalar va interaktiv yechimlardan foydalaniladi.

Ekspozitsiyalarda Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy merosi, moturidiylik ta’limotining tarqalishi, Chokardiza qabristoni tarixi hamda arxeologik topilmalar multimedia vositalari orqali namoyish etiladi.

  • false
  • false
  • false

Loyiha mualliflariga ko‘ra, muzey Imom Moturidiy merosini keng jamoatchilikka zamonaviy usulda yetkazish, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va ziyorat turizmini qo‘llab-quvvatlovchi ilmiy-ma'rifiy markazga aylanishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling