Toshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
E’lon qilingan sana: · 78

Toshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd qatnay boshladi.

Uzunligi 192 kilometr bo‘lgan yo‘nalish kuniga qariyb 1 000, yiliga esa 300 ming nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Yo‘nalishda 586 yo‘lovchiga mo‘ljallangan olti vagonli elektropoyezd harakatlanadi. Uning maksimal tezligi soatiga 120 kilometrni tashkil etadi.

Poyezd konditsioner, isitish tizimi, yumshoq o‘rindiqlar, USB ulagichlar, Wi-Fi, elektron tablolar, videokuzatuv tizimi, velosipedlar uchun joylar hamda nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun ko‘targichlar bilan jihozlangan.