Xurshid Rasulov yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi
E’lon qilingan sana: · 87

Xonanda Xurshid Rasulov yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan klipni taqdim etdi. Tarona “Esingdamu” deb nomlanadi.
Qo‘shiq so‘zlari shoir A’zam Mahmudga, musiqasi esa Sardor Rasulovga tegishli. Ahliyor Azimov kuyga musiqiy sayqal bergan.
Klip rejissyor Doniyor Rajabov tomonidan ishlangan. Unda aktyorlar Dilshod Nazarov va Durdona Qurbonova bosh rolni ijro etgan.
Syujetga ko‘ra, qishloqdagi yigit shaharga o‘qishga ketgan sevgilisini sog‘inib, u bilan o‘tgan davrlarni yodga oladi. Klip retro janrida olingan.