Toshkent metropoliteniga yana uchta zamonaviy poyezd olib kelindi

E’lon qilingan sana· 60
Toshkent metropoliteniga yana uchta zamonaviy poyezd olib kelindi

Toshkent metropoliteni yana uchta zamonaviy to‘rt vagonli harakat tarkibi bilan to‘ldirildi. Yangi poyezdlar yozgi mavsum uchun konditsionerlar, qish mavsumi uchun esa isitish tizimlari bilan jihozlangan.

Metropoliten ma’lumotiga ko‘ra, yangi tarkiblarning foydalanishga topshirilishi poyezdlar harakati intervalini qisqartirish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgan eski turdagi poyezdlarni bosqichma-bosqich almashtirish imkonini beradi.

  • false
  • false
  • false

2026-yil yakuniga qadar Toshkent metropoliteni yana 11 ta zamonaviy harakat tarkibini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling