Toshkent va Izmir o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 70
Toshkent va Izmir o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Turkiyaning SunExpress aviakompaniyasi 1-avgustdan ilk bor Izmir — Toshkent — Izmir yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftasiga to‘rt marta Boeing 737−800 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Bu Toshkent va Izmir o‘rtasidagi ilk muntazam to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaaloqa bo‘lib, yangi yo‘nalish ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm, biznes va madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

SunExpress O‘zbekiston bozoriga kirib kelayotgan ilk parvozlarini Toshkentdan boshlaydi va mamlakatga muntazam qatnovlarni amalga oshiruvchi uchinchi Turkiya aviakompaniyasiga aylanadi.

Shuningdek, aviakompaniya 2027-yil boshidan Farg‘ona vodiysi aeroportlariga ham muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling