O‘zbekiston va Belarus fuqarolarning ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddatini 10 kungacha uzaytiradi

E’lon qilingan sana· 35
O‘zbekiston va Belarus fuqarolarning ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddatini 10 kungacha uzaytiradi

O‘zbekiston va Belarus fuqarolari endi ikki mamlakat hududida ro‘yxatdan o‘tmasdan 10 kungacha bo‘lishi mumkin bo‘ladi. Avval ushbu muddat 3 kunni tashkil etgan.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Amir Sultonov Shavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifi yakunlariga sharhlarkan, ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur o‘zgarish ikki davlat rahbarlari ishtirokida imzolangan fuqarolarning o‘zaro qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish kiritish haqidagi bayonnomada mustahkamlangan.

Yangi tartib qarindosh va do‘stlarni yo‘qlash, sayyohlik hamda xizmat safarlarini yanada qulaylashtirishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling