Anons

“Qovun sayli — 2026” festivali

E’lon qilingan sana· 142
“Qovun sayli — 2026” festivali

Xivadagi Ichan-Qal'a va Arda Xiva majmualarida an’anaviy “Qovun sayli — 2026” festivali bo‘lib o‘tadi.

Uch kun davomida tashrif buyuruvchilarni qovunlar ko‘rgazmasi, milliy taomlar taqdimoti, xalq hunarmandchiligi buyumlari ko‘rgazmasi, teatrlashtirilgan tomoshalar, ko‘ngilochar dasturlar hamda o‘zbek va rossiyalik estrada yulduzlari ishtirokidagi konsertlar kutmoqda.

Dastur:

7-avgust, Ichan-Qal'a:

  • Gulsanam Mamazoitova;
  • Yulduz Turdiyeva;
  • Xulkar Abdullayeva;
  • Gulomjon Yoqubov;
  • Og‘abek Sobirov;
  • Xorazmning taklif etilgan san’atkorlari.

8-avgust, Arda Xiva majmuasi:

  • DJ King Macarella va rossiyalik xonanda MakSim ishtirokidagi musiqiy kecha.

9-avgust, Ichan-Qal'a:

  • Botir Qodirov;
  • Ziyoda Qobulova;
  • Og‘abek Sobirov;
  • Xorazm san’atkorlari ishtirokidagi yakuniy konsert dasturi.

Kirish bepul.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling