Toshkentda beshta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
E’lon qilingan sana: · 98

14-iyuldan boshlab Toshkent shahrining Sergeli tumanida 66, 104, 112, 132 va 143-sonli avtobus yo‘nalishlari harakat tartibi vaqtincha o‘zgaradi. Bu Lutfkor ko‘chasidagi issiq suv quvurlarini almashtirish ishlari bilan bog‘liq.
Ishlar davomida Lutfkor ko‘chasining Yangi Sergeli Qorasuv ko‘chasidan Mirzo Tursunzoda ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi.
Avtobuslar harakatidagi o‘zgarishlar:
- 132-sonli yo‘nalish — Qipchoq, Yangi Sergeli, Shokirariq va Mirzo Tursunzoda ko‘chalari orqali;
- 143-sonli yo‘nalish — Obihayot, Yangi Sergeli, Qipchoq ko‘chalari, Chinor metro bekati, Qipchoq va Sofdil ko‘chalari orqali;
- 104-sonli yo‘nalish — Qipchoq ko‘chasi, Chinor metro bekati, Mirzo Tursunzoda, Shokirariq va Yangi Sergeli ko‘chalari orqali;
- 112-sonli yo‘nalish — Qipchoq ko‘chasi, Chinor metro bekati, Qipchoq, Qo‘rg‘ontepa va Lutfkor ko‘chalari orqali;
- 66-sonli yo‘nalish — Qipchoq ko‘chasi, Chinor metro bekati va Qipchoq ko‘chasi orqali.
Ta’mirlash ishlari davomida mazkur hududda tirbandliklar kuzatilishi, avtobuslar qatnov vaqti hamda harakat intervali o‘zgarishi mumkin. Yo‘lovchilarga qatnovlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.
