Toshkentda beshta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi

E’lon qilingan sana· 64
Toshkentda beshta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi

Bektemir yo‘li va Katta halqa yo‘li kesishmasida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 93, 110, 117, 128 va 130-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi.

Ma’lum qilinishicha, “Food City” savdo markazidan keyin avtobuslar Katta halqa yo‘li, Furqat va Bektemir yo‘li ko‘chalari orqali harakatlanadi.

Ta’mirlash ishlari davomida mazkur hududda tirbandliklar kuzatilishi, avtobuslarning qatnov vaqti hamda harakat intervali rejadagidan farq qilishi mumkin. Yo‘lovchilarga qatnovlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling