O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 48
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Qirg‘izistonning Aero Nomad Airlines va Asman Airlines aviakompaniyalari O‘zbekiston bilan yangi muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 23-avgustdan boshlab Bishkek—Toshkent—Bishkek yo‘nalishida haftasiga ikki marta to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Parvozlar Aero Nomad Airlines tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, Asman Airlines bilan Bishkek va O‘shdan Toshkentga muntazam reyslarni ochish, shuningdek, O‘zbekistonning talab yuqori bo‘lgan boshqa shaharlariga parvozlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari ham muhokama qilindi. Yangi yo‘nalishlar bo‘yicha qaror yo‘lovchilar talabi va bozor ehtiyojlari o‘rganilgach qabul qilinadi.

Tomonlar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Andijonni Bishkek, O‘sh hamda Issiqko‘l bilan bog‘laydigan aviaqatnovlarni rivojlantirish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlar oqimini oshirish va qo‘shma turistik mahsulotlarni targ‘ib qilish masalalarini ham muhokama qildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling