Toshkent—Bekobod yo‘nalishidagi elektropoyezdning qatnov jadvali va chipta narxlari e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 132
Toshkent—Bekobod yo‘nalishidagi elektropoyezdning qatnov jadvali va chipta narxlari e’lon qilindi

Toshkent—Bekobod—Toshkent yo‘nalishida yangi zamonaviy elektropoyezd 18-iyuldan qatnay boshlaydi. Poyezdning qatnov jadvali va chipta narxlari ma’lum qilindi.

Yangi tarkib konditsioner, USB quvvatlantirish portlari, zamonaviy o‘rindiqlar, videokuzatuv va audioaxborot tizimi bilan jihozlangan. Shuningdek, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun maxsus chiqish-tushish moslamalari va alohida o‘rindiqlar ham mavjud.

  • 7050-sonli Toshkent—Bekobod elektropoyezdi Toshkent Markaziy vokzalidan 18:34 da jo‘nab, Bekobodga 21:38 da yetib boradi.
  • 7049-sonli Bekobod—Toshkent elektropoyezdi esa Bekoboddan 06:00 da yo‘lga chiqib, Toshkent Markaziy vokzaliga 09:16 da yetib keladi.

Chipta narxi kattalar uchun 15 ming so‘m, bolalar uchun esa 9 ming so‘m etib belgilangan. Chiptalarni temiryo‘l kassalari hamda e-ticket.railway.uz platformasi orqali xarid qilish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling