Yunusobodda ham uzluksiz ishlaydigan turizm ko‘chasi tashkil etilmoqda

E’lon qilingan sana· 104
Yunusobodda ham uzluksiz ishlaydigan turizm ko‘chasi tashkil etilmoqda

Toshkentning Yunusobod tumanidagi Yangishahar ko‘chasida 24 soat faoliyat yuritadigan zamonaviy turizm ko‘chasi barpo etilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Loyiha doirasida hududda tun-u kun ishlaydigan savdo va xizmat ko‘rsatish maskanlari tashkil etiladi. Shuningdek, piyodalar va sayyohlar uchun zamonaviy hamda xavfsiz shahar muhiti yaratilishi rejalashtirilgan.

Hokimlikka ko‘ra, loyiha tumanning sayyohlik jozibadorligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va infratuzilmani yaxshilashga xizmat qiladi.

  • false
  • false
  • false

Hozirda Yangishahar ko‘chasida qurilish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Loyiha yakunlangach, mazkur ko‘cha poytaxtning eng gavjum va zamonaviy maskanlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling