Anons

Art Gallery Milliy ochilish marosimi

E’lon qilingan sana· 281
Art Gallery Milliy ochilish marosimi

“Navro‘z” bog‘ida Art Gallery Milliy galereyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Ochilish marosimi Milliy mavzusiga bag‘ishlanadi. Mehmonlar o‘zbek an’analari, estetikasi va milliy merosning zamonaviy talqini bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.

Kecha dasturi:

  • 16:30−20:30 — mavzuli yarmarka;
  • 18:00 — mehmonlarni tantanali kutib olish;
  • 18:00−20:00 — musiqachilar chiqishi va jonli musiqa;
  • 18:45−20:30 — ko‘rgazmaga erkin tashrif, rassomlar bilan muloqot, fotosessiya hamda yarmarkaning davom etishi.

Kirish bepul.

Murojaat telefon: (+998) 95 165−55−05.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling