Toshkentda 6 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
E’lon qilingan sana: · 73

20-iyuldan Katta halqa yo‘li bo‘ylab, Food City savdo markazi yaqinida yo‘l ta’mirlash ishlari boshlanishi sababli ayrim avtobus yo‘nalishlarining harakati vaqtincha o‘zgartiriladi.
39, 93, 110, 117, 128 va 130-sonli avtobuslar Bektemir yo‘li ko‘chasidagi “Ijtimoiy ta’minot agentligi” bekatigacha qatnaydi. Ta’mirlash ishlari davomida ular Food City savdo markazigacha bormaydi.
Shuningdek, cheklovlar davrida hududda tirbandliklar yuzaga kelishi mumkinligi sababli avtobuslar harakati jadvali va intervalida o‘zgarishlar kuzatilishi, zarurat tug‘ilganda esa yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Yo‘lovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.